DON VA DUKKAKLI EKINLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIGA YANGI AVLOD KOMBAYNLARI KELTIRILDI

Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutiga Xitoy Xalq Respublikasining “Rosingda” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, resurstejamkor kombayn olib kelindi. Bu texnika boshoqli don hamda moshni daladan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rib yig‘ishtirib oladi. Kombayn hozirgi kunda institutning tajriba maydonida sinovlari o‘tkazilmoqda.
“Rosingda” kompaniyasining yetakchi mutaxassislari Vang Yang hamda Zhang Bao Chenglar tomonidan ushbu kombayndan foydalanish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube