Don-dukkali ekinlar seleksiyasidagi natijalar

Joriy yilda don va dukkakli ekinlarining 6 ta yangi yaratilgan navlari, ya’ni yumshoq bug‘doyning 1 ta, yasmiqning 1ta, soyaning 2 ta, makkajo‘xorining 1 ta va jo‘xorining 1 ta yangi navi Davlat reyestriga kiritildi.
516,9 gektar urug‘lik maydonida kuzgi yumshoq bug‘doyning 17 ta yangi istiqbolli va Davlat reyestriga kiritilgan navlaridan gektariga o‘rtacha 65 sentnerdan hosil olinib, 3360 tonna yuqori avlodli urug‘lik tayyorlandi.
Zang kasalliklari va qurg'oqchilikka chidamli navlarni yaratishda ikki xil usulda chidamli genotiplarni ajratish yo‘lga qo‘yildi. Sug‘oriladigan maydonlarda kuzgi yumshoq bug‘doyda olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan yumshoq bug‘doyning “Sarbon”, “Yuksalish”, “Oqsaroy” “Turon”, “Hisorak”, “G‘ozg‘on, “Bunyodkor” navlari zang kasalliklariga chidamli genlarning mavjudligi sababli zang umuman zarar keltirilmaganligi aniqlandi.
G‘allachilikda ilk bor “Bug‘doyni DNK markerlari va oqsil turlari bo‘yicha genetik pasportlash” bo‘yicha tadqiqotlar yo‘lga qo‘yildi. Natijada, navning to‘liq tozaligiga erishildi va navni Intelektual mulk obyekti sifatida himoyalash osonlashdi, seleksiyada ishonchlilik darajasi ortdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube