Dolzarb

G‘alla parvarishida dolzarb palla
Xabar berib borayotganimizdek, 2026-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini to‘g‘ri parvarishlash va bu borada zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish masalalari yuzasidan hududlarda nazariy va amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.
Shu maqsadda tashkil etilgan navbatdagi seminar Urgut, Tayloq, Jomboy va Bulung‘ur tumanlari fermerlari uchun o‘tkazildi.
Seminarda Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri G‘ulomjon Uzoqov ishtirok etib, g‘alla ekilgan maydonlarda bajarilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, o‘simliklarni oziqlantirish va mo‘l hosil olish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fermerlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube