Dolzarb

G'alla parvarishida dolzarb palla
Xabar berib borayotganimizdek, shu kunlarda
2026-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarni to'g'ri parvarishlash va bu borada amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bo'yicha hududlarda nazariy hamda amaliy seminarlar o'tkazilmoqda. Ana shunday seminarlardan navbatdagisi Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Mirishkor, Muborak, Nishon va Kasbi tumanlari fermerlari uchun tashkil qilindi.
Seminar qatnashchilarga "Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti" ilmiy hodimlari tomonidan g'alla ekilgan maydonlarda muhim agrotexnik tadbirlarni o'tkazish, mo'l hosil olish uchun puxta hozirlik ko'rish, shuningdek, o'simlikni oziqlantirish bo'yicha agrotexnik tadbirlarini o'z vaqtida uyushqoqlik bilan amalga oshirish borasida ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
Web | Telegram | Facebook | Instagram