Doktorantlar_kuni

YOSH OLIMA SHO'RLANGAN YERLARGA MOS G'O'ZA NAVI USTIDA TADQIQOT OLIB BORMOQDA
Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti 1-bosqich tayanch doktoranti Naima Xo'jaqulova bugun "Doktorantlar kuni" seminarida "Xujayra seleksiyasi usulidan foydalanib, g'o'zaning tuproq sho'rlanishga bardoshli turiga mansub seleksion ashyolarni tezkorlikda yaratish" mavzusida qilayotgan ilmiy-tadqiqotining dastlabki holati haqida taqdimot qildi.
Olima dastlab 19 ta mahalliy va xorijiy g'o'za urug'idan 6 ta sho'rga nisbatan chidamli navlarni saralab olib, ularga laboratoriya sharoitda tuproqqa NaCL eritmasini turli darajada qo'shish orqali sho'rlanish hosil qilib, tadqiqot o'tkazgani haqida ma'lumot berdi. Milliy markaz ekspertlari bu noto'g'ri usul deb baho berdi. Tabiiy sho'rlanishdagi tuproq tarkibi sun'iy sho'rlanishdan butunlay farqlanadi. Bu usul orqali tajribani to'g'ri qo'yib bo'lmasligi aytildi. Olimaga tadqiqot o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Surxondaryo va Buxoro viloyatlarining sho'rlangan yerlaridan tuproq olib keltirgan holda tadqiqotini davom ettirishi lozimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, yosh olimaga ilmiy ishiga doir so'nggi 10 yillikdagi ilmiy adabiyotlar va maqolalar bilan yaqindan tanishib chiqishi bo'yicha ham zarur tavsiya va maslahatlar berildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube