Doktorantlar_kuni

Yosh olim dala yuzasini tekislab, mayin tuproq qatlamini hosil qiluvchi yangi moslama yaratdi
Bugun Milliy markazda an'anaviy "Doktorantlar kuni" bo'lib o'tdi. Taqdimotchi Bobur Rajabov Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti 3-bosqich tayanch doktoranti. U “Keng qamrovli chizel-kultivatorga dala yuzasini tekislaydigan va unda mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan moslama ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusi tadqiqot olib bormoqda. Tadqiqoti davomida erishgan dastlabki natijalari haqida ekspertlarga ma'lumot berdi.
Ilmiy ishidan ko'zlangan asosiy maqsadi: keng qamrovli chizel-kultivatorga dala yuzasini tekislaydigan va unda mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan moslama ishlab chiqish hamda uning parametrlarini asoslash yo‘li bilan yerlarni ekishga tayyorlashda ish sifatini oshirish, yonilg‘i va boshqa xarajatlar sarfini kamaytirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
yerlarga ekish oldidan ishlov berish mashinalari tarkibida dala yuzasini tekislash va unda mayin tuproq qatlamini hosil qilish uchun qo‘llaniladigan moslamalarning konstruksiyalarini va ular bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini tahlil etish hamda ulardan maqbulini tanlab olish;
keng qamrovli chizel-kultivatorga ishlab chiqiladigan moslamaning ishlash sharoitini o‘rganish;
keng qamrovli chizel-kultivatorga dala yuzasini tekislaydigan va unda mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan moslamaning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish;
o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida tavsiya etilayotgan parametrlarga ega bo‘lgan moslamani ishlab chiqish va sinovlarini o‘tkazish;
tavsiya etilayotgan parametrlarga ega bo‘lgan moslama bilan jihozlangan keng qamrovli chizel-kultivatorni qo‘llashdan olinadigan iqtisodiy samarani aniqlash ko'zda tutilgan.
Taqdimotchi 3 yil davomida olib borgan izlanishlar, yaratgan yangi moslamasi bilan ekspertlarni tanishtirar ekan, o'z navbatida statistika va solishtirma tahlillar olib bormagani bo'yicha mutaxassislar e'tiroziga uchradi. Shu vaqtgacha yaratilgan dala yuzasini tekislaydigan va unda mayin tuproq qatlamini hosil qiladigan moslamalardan o'zi yaratgan moslamaning afzalligini isbotlovchi tahlillar lozimligini ta'kidlashdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube