Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Doktorantlar_kuni

Doktorantlar_kuni
Milliy markazda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari ishtirokida “Doktorantlar kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda institutning tayanch doktoranti Ra’no Ibodullayeva o‘zining “SHOLIDAGI POYA ZARARKUNANDALARINI BIOLOGIK XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH ASOSIDA ULARGA QARSHI UYGʻUNLASHGAN HIMOYA QILISH TIZIMINI YARATISH” mavzusidagi ilmiy izlanishi natijalarini ekspertlarga taqdim qildi. Taqdimot judayam qiziqarli bo‘ldi. Taqdimotchi ekspertlarning savollariga tadqiqot natijalariga asoslangan holda javob berdi. Ekspertlar ushbu taqdimotni qoniqarli deya baholab, mavzuning dolzarbligini e’tirof etdi. Muhokama so‘nggida doktorantga ilmiy-tadqiqotni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berdi. Ushbu taqdimotdan tayyorlangan videolavhani rasmiy sahifalarimizda tamosha qiliishingiz mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.