Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Doktorantlar_kuni

Doktorantlar_kuni
Bugun, Milliy markazda an'anaga muvofiq "Doktorantlar kuni" bo'lib o'tdi. Unda Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi va doktorantlari ishtirok etdi. Institutda doktorlik (DSc) ilmiy-tadqiqot ishini olib borayotgan Rahmatullo Rahmonov “Irrigatsiya eroziyasiga uchragan tuproqlarda gʻo‘zani suv tejamkor sugʻorish usullarining ilmiy asoslari” mavzusida taqdimot qildi. Ilmiy-tadqiqotdan ko'zlangan maqsad — irrigatsiya eroziyasiga uchragan tuproqlarda g‘o‘zani parvarishlashda egatlarda bir xil miqdorda suv taqsimlash moslamasidan foydalanish, konfiguratsiyasi turlicha bo‘lgan egatlar orqali hamda tomchilatib sug‘orishni qo‘llab, yuvilish jarayonlarini kamaytirish orqali paxtadan yuqori va sifatli hosil yetishtirishdan iborat. ⌛ Tadqiqotchi doktorlik ishining dolzarbligi, bugungi ekologik vaziyat uchun ahamiyatli ekanligini ilmiy asoslab berdi. Mavzu doirasida ekspertlarda bir nechta savollar paydo bo'ldi. Masalan: irrigatsiya eroziyasiga uchragan yerlarning qiyalik darajasini aniqlash hamda ularga bog‘liq holda tuproqning suv-fizik, agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalarini qay darajada o'rgangansiz? - deya savol berishdi. Doktorant Rahmatullo Rahmonov ilmiy ishda ahamiyat bermagan jihatlarni o'zi uchun bilib olganini bildirib, "Doktorantlar kuni" tadqiqotchilar uchun nihoyatda ahamiyatli bo'lganini e'tirof etdi. Institutning tayanch doktoranti Ozoda Sodiqova esa “Turli geneologiyaga ega gʻo‘za duragaylari asosida qimmatli seleksion ashyolarni yaratish” mavzusidagi taqdimot qildi. Ilmiy izlanishdan maqsad esa — kelib chiqishi turli hil bo‘lgan introgressiv g‘o‘za tizmalarining xususiyatlarini bitta genotipga mujassamlashtirish va seleksiya uchun boshlang‘ich ashyolar yaratishdan iborat. Yosh olima tadqiqotlari asosida olingan kompleks belgilarning ijobiy majmuiga ega bo'lgan 3 ta introgressiv tizmalar institutning kichik nav sinoviga tavsiya etilganini ma'lum qildi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.