Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Doktorantlar kuni” da jiddiy munozaralar

Doktorantlar kuni” da jiddiy munozaralar
Bu gal ham shunday bo‘ldi. Milliy markaz bo‘lim boshliqlari va mutaxassislar ishtirokida qizg‘in bahs bo‘ldi. Munozarani professor Ikrom Qoraboev boshlab berdi. Uning so‘zlarini Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori G‘afurjon Parpiyev va bosh mutaxassis, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Shermuhammad Samanov davom ettirishdi. Ular ilmiy ishlardagi kamchiliklarni atroflicha tahlil qilib, yosh tadqiqotchilarga aniq tavsiyalar berishdi. G‘afurjon Parpiyevning ta’kidlashicha, Baxtiyor Qalandarovning ilmiy ishida bir qator kamchiliklar bor. — Dissertatsiya tadqiqot ishining nazariy metodologik asoslari yetarlicha yoritilmagan. Tadqiqot obyektlari — Toshkent va Xorazmdagi sholi navlarining stress omillar bilan bog‘liq korrelyatsion aloqalari asoslantirilmagan. Mavzuni fan doktorlik darajasida qayta tahrirlash va ilmiy jihatdan asoslab muhokamaga qayta qo‘yish zarur, — dedi u. Mirsharof O‘raqiovning ilmiy ishi yuzasidan esa quyidagi fikrlar bildirildi: — Lalmi yer maydonlarining umumiy ulushi aniq ko‘rsatilmagan. Tadqiqot maydonlarida ekspozitsiya — ya’ni yer maydonlarining geografik yo‘nalishi hisobga olinmagan. Bundan tashqari, moy chiqimining hosildorlik bilan mutanosib bo‘lmagan holatini tadqiqotchi asoslab bera olmadi. Shuningdek, ko‘p yillik agroiqlimiy ma’lumotlardan — havo harorati, tuproq harorati, yog‘ingarchilik va yerga shimilgan nam miqdori bo‘yicha ma’lumotlar yetarlicha qamrab olinmagan. Bu tadqiqotni ham qayta ishlash va ilmiy asoslangan tarzda tahrirlash kerak, — dedi G‘afurjon Parpiyev. Qishloq xo‘jalik fanlari doktori Shermuhammad Samanov ham har ikki tadqiqotchiga o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Baxtiyor Qalandarovning ilmiy ishi yuzasidan ilmiy maslahatchisi bilan dolzarb mavzu tanlanishi, barcha ko‘rsatkichlar aniq ilmiy asosda yoritilishi lozim. — Mavzuni yanada takomillashtirib, ilmiy asoslangan holda qayta muhokamaga qo‘yish kerak, — dedi Shermuhammad Samanov. Mirsharof O‘raqovning ilmiy ishi yuzasidan esa shunday dedi: — Taqdimotda asosan 2024 yilgi natijalar keltirildi. Ammo tadqiqot 2023–2024 yillarda olib borilgan. Ikkala yilning ma’lumotlari solishtirilishi kerak edi. Bu holatni ham to‘g‘rilash talab etiladi, — dedi u. Yosh tadqiqotchilar – ilmiy sohaning ertangi tayanchi. Ularga talab yuqori, lekin imkoniyat ham bor. “Doktorantlar kuni” ana shu imkoniyatlardan biri. Mutaxassislar tanqidi – bu to‘siq emas, balki rivojlanishga da’vat. Ilm sinovlarsiz bo‘lmaydi. Maqsad — izlanish, takror tahlil va yanada mukammal natija. Shundagina ilmiy ish hayotga xizmat qiladi. 2-qismi Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.