Diqqat: sovuq, namlik, yogʻingarchilik

Oʻzgidromet markazi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 10-12-sentyabr kunlari Oʻzbekiston hududiga Volga boʻyidan past namlikdagi salqin havo kirib keladi.
10-12-sentyabr kunlari Oʻzbekiston boʻylab baʼzi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-toʻzon koʻtarilishi kutilmoqda.
11-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida shamol tezligi 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
11-senytabr kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, 12-sentyabr kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.
11-12-sentyabr kunlari respublikaning aksariyat hududlarida havo harorati kechasi 10-13° iliq, kunduzi 25-28° issiq bo‘ladi.