Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Dehqonlar_uchun_tavsiya

Dehqonlar_uchun_tavsiya
Moshning «BARQAROR» navi Tezpishar nav. Moshning o‘suv davri 70-75 kun. Dukaklari poyasining ustki qismida shakllanishi (25-30 dona) terim jarayonini еngillashtiradi. Dukkaklarining birinchi terimi maysalarning paydo bo‘lgandan 55-57 kundan so‘ng amalga oshirish mumkin. Urug‘ining biologik pishish davri 75 kun. Xosildorlik 23,0-24,0 s/ga (2 qatorli egatlarda ekilganda) tashkil etadi. 1000 urug‘ vazni- 87-91 g. Urug‘ida oqsil- 18,7% va kraxmal- 1,7%ni tashkil etadi. Urug‘lari rayonlashgan mosh navlariga nisbatan yirikroqdir. Eksportbop nav. Ekin almashinish tizimida sabzavot va g‘alla ekinlari bilan yaxshi uyg‘unlashadi. Tuproq unumdorligini yaxshilaydi. Bahorgi va yozgi ekish mavsumlarida ekishga yaroqli bo‘lib, yuqori xosil olish mumkin. Turli hil taomlar tayorlashda foydalanish mumkin. O‘simlikning ko‘k massasi chorva uchun to‘yimli oziqa hisoblanadi. Ushbu nav O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.