Dala_seminari

#Andijon
#Sholichilik_ITI
ANDIJONDA SHOLI PISHMOQDA
Jahon bozorida guruch eng talabgir mahsulotlardan biri. Qadimgi ekin turlaridan boʻlgan sholi hozir ham dunyo aholisining uchdan bir qismi uchun asosiy oziqa manbaidir. BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) maʼlumotlariga koʻra,dunyo bo'yicha 160 million gektarga yaqin sholi ekilib, 750 million tonnadan ortiq hosil olinmoqda ekan.
Andijonda ham yuqori hosil olish va sifatli sholi urug'ligini yetishtirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aprel oyida tajriba sifatida ekilgan oʻrtapishar, serhosil “Iskandar” navli sholi koʻchatlari yozning qoq oʻrtasi-iyulda pishib yetilishi va uning ortidan ikkinchi hosil uchun yana ertapishar sholi koʻchatlarini yerga qadalishi bu tajribalarning ilmiy asoslanganligi bilan chanbarchas bog'liqdir.
Mana shu tajribalarni yuqori ko'rsatkichlarga olib chiqish va keng joriy qilish maqsadida Sholichilik ilmiy-tadqiqot institut va KOPIA markazi bilan hamkorlikda dala seminari tashkil etildi. Unda sholikor fermerlar va dehqonlar, soha olimlari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilariga sholini ko'chat usulida ekishning afzalliklari, olib borilayotgan tajribaning ilmiy asoslanganligi, sifatli sholi urug'ligini yetishtirish masalalarida tushunchalar berildi. Ko'pchilik fermerlar tomonidan kelgusi yilda ushbu tajribalarni o'z dalasida qo'llash istagi paydo bo'ldi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | ™Facebook | Youtube