Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Dala_Seminari

Dala_Seminari
Ilmiy yondashuv — mo‘l hosil garovi! Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda respublikamizning barcha hududlarida g‘o‘za parvarishida “Dolzarb 30 kun” tashabbusi doirasida amaliy dala seminarlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday seminarlardan navbatdagisi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba dalasida tashkil etildi. Seminarda Chimboy tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Seminar davomida g‘o‘za parvarishida hosildorlikni oshirish va ekin maydonlarida samaradorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, o‘simliklarni o‘z vaqtida sug‘orish, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, qator oralariga ishlov berish, shuningdek, zararkunanda va kasalliklarga qarshi integratsiyalashgan himoya choralarini samarali tashkil etish bo‘yicha institut olimlari tomonidan ilmiy-amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilar institut tajriba maydonlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy agrotexnologiyalar, ilmiy ishlanmalar va ularning ishlab chiqarish jarayonidagi amaliy ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar ta’kidlaganidek, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish yuqori va sifatli hosil yetishtirishning muhim omillaridan biridir. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.