Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Chorvachilikda innovatsion texnologiyalarning o‘rni ortib bormoqda

Chorvachilikda innovatsion texnologiyalarning o‘rni ortib bormoqda
Bugun poytaxtimizdagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasida “Chorvachilik: innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi. ▶Unda Osiyo va Yevropadagi mashhur kompaniyalar rahbarlari, o‘zbekistonlik soha mutaxassislari, chorvachilik bo‘yicha xalqaro taniqli tahlilchilar, asbob-uskunalar, ozuqa qo‘shimchalari, veterinariya preparatlari va boshqalarni yetkazib beruvchi kompaniyalar vakillari hamda mahalliy chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirok etishdi. Forumda chorvachilikda mavjud muammolar, ularni tahlil qilish va bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash, shuningdek, respublikada chorvachilikni yanada rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni sohaga joriy etish borasida soha mutaxassislari o‘zlarining takliflarini berib o‘tishdi. Umuman olganda, forumda chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lgan bir qator masalalarga yechimlar topiladi. Bu zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, mavjudlarini modernizatsiya qilish va boshqalar. Forum davomida soha mutaxassislari tomonidan chorvachilik xo‘jaliklaridagi mavjud muammolarini hal qilishda har tomonlama ko‘maklashish, chorvachilikni ilmiy asosda tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha alohida uyushma yoki nazorat qiluvchi tashkilot tuzish taklifi ham bildirildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.