Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Buxoroda dalalardagi desikatsiya jarayoni ko‘zdan kechirildi

Buxoroda dalalardagi desikatsiya jarayoni ko‘zdan kechirildi
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, agrotexnik tadbirlarning borishi hamda hosilni yig‘ishtirib olishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrif dasturiga muvofiq, ilk manzilda Buxoro tumanidagi qator dalalar ko‘zdan kechirildi. Asosiy e’tibor paxta dalalarida hosilni yig‘im-terimga tayyorlash jarayonlari, xususan, desikatsiya tadbirlarining amalga oshirilishiga qaratildi. Desikatsiya — ekinlarni yig‘im-terimga tayyorlash maqsadida o‘simlikning vegetatsiyasini tezlashtirish va ortiqcha namlikni kamaytirishga qaratilgan agrotexnik tadbir bo‘lib, paxtachilikda u hosilning bir maromda pishib yetilishi va yig‘im-terim jarayonini samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Vazir o‘rganishlari davomida dalalarda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishga qaratilgan “8 ta qonun” talablari ishlab chiqilgani, biroq ularning mazmun-mohiyati ayrim rahbarlar va fermer xo‘jaliklari tomonidan hali to‘liq anglab yetilmayotgani qayd etildi. “8 ta qonun”ni shunchaki tavsiya sifatida emas, daladagi har bir agrotexnik tadbirning aniq mezoni sifatida qabul qilish kerak, — dedi vazir. O‘z navbatida, mas’ullarga agrotexnik tadbirlarni muddatida va sifatli bajarish, har bir dala kesimida holatni tahlil qilish, hosilni nobud qilmasdan yig‘ishtirib olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda fermerlarga amaliy ko‘makni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.