Buxoro viloyat hokimi boshchiligida Buxoro tumani Istiqbol MFY “Sharif Mirzo” fermer xo‘jaligida chigit ekish bo‘yicha viloyat ko‘rgazmali seminari o‘tkazildi.

Seminarda yerga plyonka ostida va ochiq maydonda chigit ekish agrotexnik talab va me’yorlari, texnikalar sozligi, chigitni bir tekis undirib olish bilan bog‘liq jarayon amaliy mashg‘ulot tarzida tushuntirib berildi.
Ko‘p yillik tajribadan kelib chiqqan holda joriy mavsumda ham viloyatda ertapishar “Buxoro-102”, “Buxoro-10” (“Sardor”), “Porloq” va o‘rtapishar “Buxoro-6”, “Buxoro-8” kabi mahalliylashtirilgan g‘o‘za navlarini ekish rejalashtirilgan.
Tadbirda Viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, viloyat Agroxizmatlar markazi hamda tumanlar sektorlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, sohaga mas’ul tashkilot va korxonalar, paxta-to‘qimachilik klasterlari, olimlar va mutaxassislar, paxta–to‘qimachilik klaster korxonalari mutasaddilari, fermerlar qatnashdilar.
Joriy yilda viloyat paxtakorlari 96 ming 220 gektar maydonga chigit ekib, o‘tgan yilgidanda salmoqli “oq oltin” xirmoni barpo etish taraddudida. Bu jarayonda viloyatdagi 11 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan tumanlardagi jami 3 ming 38 ta fermer xo‘jaligi bilan sanoat uchun qimmatbaho xom ashyo yetishtirishga doir shartnomalar tuzilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube