Bugun Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va…

oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish” (EU-AGRIN) loyihasi doirasida ikki kunlik o‘quv seminariga start berilmoqda.
19-20-avgust kunlari o‘tkaziladigan ushbu seminarda Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlarida shakllantirilgan 12 ta innovatsion guruhlar faoliyatini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar asosida loyihalar ishlab chiqish va uni moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Mazkur seminarda Toshkent viloyati AKIS markazi mutaxassislari ham ishtirok etishmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube