Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bugun Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rahbariyati, ilmiy…

Bugun Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut rahbariyati, ilmiy…
xodimlar, mutaxassislar hamda tarmoqda faoliyat yuritayotgan mehnat fidoiylari ishtirok etdi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar, ilmiy-tadqiqot ishlarining amaliyotga joriy etilishi va agrotexnik yangiliklarni joriy etishda institut jamoasining xizmatlarini e’tirof etib, barcha soha xodimlarini kasbiy bayram bilan qutladi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan ustoz olim, texnika fanlari doktori, professor Abdusalim To‘xtaqo‘ziyevni institut jamoasi samimiy tabriklab, u kishining ilmiy maktab yaratishdagi ulkan xizmatlari va soha taraqqiyotiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida e’tirof etdi. Ustozga sihat-salomatlik, ijodiy muvaffaqiyatlar va kelgusi ilmiy faoliyatlarida yanada katta zafarlar tilandi. Tadbir so‘ngida qishloq xo‘jaligi sohasi rivojini ta’minlashda ilm-fanning roli, yangicha yondoshuvlar va innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha kelgusi rejalar muhokama qilinib, ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik izhor etildi. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! Website Telegram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.