Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

bu_qiziq

bu_qiziq
OLMA QURTI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI Olma qurtiga qarshi daraxt gullagan payti ishlov berish mumkin emas. Umuman olganda, olmaga qurt qayerdandur kelmaydi. U daraxt tanasida yashaydi. Unga qarshi kuzdan boshlab harakat qilish kerak. U daraxt po‘stloqlari orasida, shox ostida, omborxona va boshqa himoyalangan joylarda, yosh bog‘larda esa ildiz bo‘g‘zi atrofidagi tuproqning 3 sm gacha chuqurligida qurt shaklida qishlaydi. Kurash choralari. Agrotexnik tadbirlar – kuzda xazon barglarni to‘plab ko‘mib yuborish, daraxt tanasini eski po‘stloqlardan tozalash, daraxtlar atrofini chopiq qilish, daraxtlar tanasini oqlash, bog‘larda tutqich belbog‘lar bog‘lash, pishmasdan zararlanib to‘kilayotgan mevalarni terib olish yaxshi natija beradi. Biologik usul. – Trixogramma, Brakon, Oltinko‘z biomahsulotlarini qo‘yish kerak bo‘ladi. Kimyoviy usul. – Detsis, Bi-58, Korbofos, Atilla super, Karate, Nurell-D, Killer va boshqa ximiyaviy preparatlardan foydalanish yaxshi samara beradi. AKIS UZBEKISTAN

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.