Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bu_qiziq

Bu_qiziq
Vitamin, kletchatka va kalsiyga boy bo‘lgan keyl karami haqida bilasizmi? Karamdoshlar oilasiga mansub keyl xalq tilida "pekin karami" deb nomlanuvchi bu karam boshqalardan kaloriyasi kamligi, salomatlik uchun muhim sanalgan klechatka, fitonutriyent va minerallarga boy ekani bilan o‘ziga xosdir. Bir porsiya xom karamda (200 grammga yaqin) quyidagilar mujassam bo‘ladi: 33 kaloriya; 1 gramm yog‘; 0 milligramm xolesterin; 25 milligramm natriy; 329 milligramm kaliy; 6 gramm uglevod; 3 gramm oqsil; 2,5 gramm klechatka; A vitaminining 133 foiz kunlik me’yori; C vitaminining 134 foiz kunlik me’yori; kalsiyning 10 foiz kunlik me’yori; B6 vitamining 10 foiz kunlik me’yori; magniyning 7 foiz kunlik me’yori. Karamdagi mikroelement, antioksidant va vitaminlar quyidagicha foyda beradi: ‼Surunkali kasalliklarning kelib chiqish xavfini kamaytiradi. Ko‘rish qobiliyatini saqlashga yordam beradi. Bir porsiya karamda lyutein karotinoidi, zeaksantin va beta-karotinning kunlik me’yoridan ko‘prog‘i mujassam bo‘ladi. Ushbu moddalar ko‘z to‘qimalarini ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi va kataraktaning kelib chiqish xavfini kamaytiradi. Qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Karam, shuningdek, boshqa sabzavotlar tarkibidagi kaliy, kalsiy va magniy, natriyning ta’sirini neytrallashtiradi. Suyaklarni mustahkamlaydi chunki unda kalsiyning 10 foiz kunlik normasi bo‘ladi. Karam bir qarashda uncha ko‘p bo‘lmagan, ya’ni 2 gramm klechatkani o‘z ichiga oladi. Ammo tayyorlangan salat yoki pishirilgan holida iste’mol qilinsa, 8—10 gramm klechatka bilan to‘yinish mumkin. Karamni xomligicha iste’mol qilish kerakmi? Xohishga qarab iste’mol qilish mumkin. Avvalroq o‘tkazilgan tadqiqotda qaynatilgan karamning foydasi xominikidan kam emasligi aniqlangan. Ratsionda qancha ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa, shuncha yaxshi. Faqat klechatka va foydali moddalardan xoli bo‘lgani sabab karam sharbatini iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.