Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bu_qiziq

Bu_qiziq
#Fakt Dunyodagi eng qimmat qovun va tarvuz haqida eshitganmisiz? Narxi kishini hayratga soluvchi qovun-tarvuzlar Yaponiyaning Xokkaydo orolida yetishtiriladi. Ushbu mahsulotlarning narxi aql bovar qilmas qiymatda bo‘lsa-da ularning o‘z xaridorlari bor. Xokkaydoda yetishtiriladigan “Densuke” deb ataladigan qora rangli tarvuzning bir donasi 10 kilogrammgacha tosh bosishi mumkin. U dunyodagi juda ham noyob mahsulot sanaladi va har yili bor-yo‘g‘i 100 dona tarvuz yetishtiriladi. Uning xaridorlari tarvuzning urug‘i tuproqqa qadalishi bilan 4500 AQSh dollarigacha pul atab qo‘yadi. Bu tarvuz Yaponiyada bu antiqa ozuqagina emas, balki qimmatbaho sovg‘a hamdir. Uning eng arzon bahoga sotilgani ham 200 AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan. Lekin bu narxga “Densuke” tarvuzlarini topish qiyin. 2008 yili 11 kilogrammlik tarvuzni yirik supermarket egasi Keyiti Sudzukiu 6500 AQSh dollariga sotib olgan. Eng qizig‘i uni olgan xaridor jurnalistlarga “tarvuzning 90 foizi suvdan iborat ekanligidan xabarim bor” deb javob bergan. Xakkaydo orolida yetishtiriladigan “Yubari” qovunlari ham juda mashhur hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, “sersuv, shirali va o‘tkir ta’mli” deb baho berilgan bu qovunlarni iste’mol qilgan kishi avval qovun ta’mini, so‘ngra tarvuz, yutinish chog‘ida esa ananas ta’mlarini tuyishlari mumkin. Ushbu qovunning bir donasi o'rtacha 160 AQSh dollari atrofida sotiladi. Biroq, east-fruit.com portalining ma'lumotiga ko'ra ushbu qovun bir safar kimoshdi savdosida 23 ming 500 AQSh dollariga sotilgan. Ishonish qiyin, ammo bu fakt! Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.