Bu mukofot — ilm-fanning e’tirofidir

Mehnatning qadri uning natijasida, ilm-fanning qadri esa jamiyat va qishloq xo‘jaligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi.
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Egamberdiyeva Saida Abdisamatovnaning ko‘p yillik samarali mehnati va ilmiy izlanishlari munosib e’tirof etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga muvofiq, u "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.
Saida Abdisamatovnaning ta’kidlashicha, mazkur yuksak davlat mukofoti nafaqat shaxsiy mehnatga berilgan baho, balki ilm-fan, ustozlar va bir jamoa bo‘lib qilingan mehnatning e’tirofidir.
Videoda davlat mukofoti sohibasining fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube