Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bosh piyoz urug‘i yetishtirish texnologiyasi

Bosh piyoz urug‘i yetishtirish texnologiyasi
O‘g‘itlash. Gektariga 20-30 tonna chirigan go‘ng 1-1,5 s ammiak selitrasi, 3-5 s superfosfat hamda 2-3 s kaliy tuzi ekishgacha berilishi tavsiya etiladi. O‘suv davrida 2-marta (chin barg chiqarganda va piyozboshi shakllana boshlaganida) gektariga har safar 120-160 kg ammoniy selitrasi, 120-160 kg superfosfat bilan oziqlantiriladi. Ekish muddati. Urug‘lik piyozlar kuzda yoki erta baxorda ekiladi. Lekin, kuzda sentyabr oxiri, oktyabr boshlarida ekilsa, yuqori urug‘ hosili olinadi. Parvarishlash. Urug‘lik piyoz maydonida ko‘pincha soxta un shudring kasalligi uchrab, katta zarar kuzatiladi. Bu kasallik bo‘lgan o‘simliklarga bordo suyuqligining 1 % li eritmasi, sineb, kuprozan, mis xloridning 0,5 % li suspenziyasi, Tilt, Topaz 100 va fundazol (0,3-0,4 kg/ga) qo‘llaniladi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.