Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bolajonlarga bering dunyoni

Bolajonlarga bering dunyoni
1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg'ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, hayot, millat davomchisi. Bolalar o'z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo'lgan qiziqishni uyg'otadilar. Har harakatida begʻuborlik, har bir tabassumidan soddalik ufurib turgan, ko'zlarida esa bir olam ezgulik va mehr qalqib turgan bolajonlar musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg'ochlar misolidir. ▶Bu kunni aynan 1-iyun sanasida nishonlash taklifi 1925-yili Shveysariyaning Jeneva shahrida ilgari surilgan. 1950-yildan esa 1 -iyun Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlab kelinadi. Bugun yurtimiz bo'ylab kelajagimiz egalari uchun erta tongdan turli konsert dasturlari, ko'rgazmalar, sayillar, sport musobaqalari o'tkazilmoqda. Istirohat bog'lari esa bolalarning tabassumlari bilan go'yoki mo'jizalar dunyosiga aylangan. Mamlakatimizda ham farzandlarimiz davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida voyaga yetmoqda. Zero, bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Bayramingiz muborak, aziz BOLAJONLAR! Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.