Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bolaga berilgan e’tibor — kelajakka berilgan e’tibordir

Bolaga berilgan e’tibor — kelajakka berilgan e’tibordir
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida inson qadrini ulug‘lash, mehr va e’tiborga muhtoj oilalar holidan xabar olish xalqimizga xos ezgulik va olijanoblikning yorqin ifodasidir. Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ham ana shunday xayrli tashabbuslarda faol ishtirok etmoqda. Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Qibray tumanidagi "Ahillik" mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlaridan xabar olinib, ularga maktab o‘quv qurollari va sovg‘alar ulashildi. Yangi o‘quv yili ostonasida bolajonlarga ko‘rsatilgan bu e’tibor ularning qalbida katta quvonch uyg‘otish bilan birga jajji yuzlardagi beg‘ubor tabassum va kelajakka bo‘lgan ishonchni oshirdi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.