Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bizning_navlar

Bizning_navlar
SHOLINING "SADAF" NAVI Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan. Morfologik koʼrsatkichlari Oʼsimlik boʼyi -128-130 sm. Oʼsuv davri 125-127 kun. Roʼvagi uzunligi 20-23 smni tashkil etadi. Don sifati va texnologik koʼrsatkichlari 1000 dona don ogʼirligi 33-34 g. Shishasimonligi 95-98 %. Qobiqligi 18,1-18,6%. Guruch chiqishi 72-73%, shu jumladan butun guruch chiqishi 91-94%. Yotib qolishga va toʼkilishga chidamli. Navdan qulay sharoitlarda 9,0-9,5 tonnagacha hosil olish mumkin. Аgrotexnikasi Urugʼidan sepib ekilganda ekish muddati 15-25 may. Bir gektarga sarflanadigan urugʼ meʼyori 130-160 kg. Bir gektarga sarflanadigan suv meʼyori 16000–20000 metr kub. Foydali harorat yigʼindisi 18000–20000 gradus. Koʼchat usulida mexanizmlar yordamida ekish Koʼchatxonaga (kassetalarga) ekish muddati 5-aprel 20-aprel, asosiy dalaga ekish 5-maydan 20-maygacha. Bir gektariga 180-200 dona kasseta, har bir kassetaga 248-256 gm sholi urugʼi, gektariga esa 45-51 kg sarflanadi. Koʼchatlarni dalaga koʼchat ekadigan Janubiy Koreyadan keltirilgan maxsus RF- 455 mashinasi yordamida 30-10 sm qilib har bir uyaga 3-4 tadan koʼchat ekiladi. Qoʼl kuchi yordamida Sholi koʼchati maxsus koʼchatxonalarda tayyorlanadi. Koʼchat ekiladigan maydon tayyor boʼlgach sholi urugʼi asosiy ekin sifatida 5- aprel-20- aprelda 100 m2 maydonga oʼrtacha 6-7 kg hisobida ekiladi yoki sholi koʼchatzori asosiy ekiladigan maydonning 1/10 qismini tashkil qilish kerak. Koʼchatlarni qoʼlda ekish uchun 1 gektar maydonga 7-8 ish kuni sarflanadi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.