Bizning_navlar

Baqlajonning “Parizod” navi borligini bilarmidingiz?
O’simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan.
O’rtapishar nav, o’suv davri 124 kun. O’simlik bo’yi 65-67 sm. Bargi o’rtacha, to’q yashil. Mevasi oval shaklda yengil qabariqli, rangi siyoh-rang.
Hosildorligi: navdan qulay sharoitlarda o’rtacha – 32,0 t/ga hosil olish mumkin.
Ekish muddatlari 10-20 mart kunlarida urug’i issiqxonaga sepiladi, ochiq maydonga 5-10 mayda ko’chatlari o’tkaziladi.
Ekish me’yori: gektariga 550-600 gramm urug’ sepiladi, qator oralig’i 70x25-30 sm sxemalarda 65-70 ming ko’chat ekiladi.
O’g’itlash me’yori: azotli - 70 kg/ga ava fosforli – 70 kg/ga o’g’itlar bilan oziqlantiriladi.
Hozirda O'simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot institutida baqlajonning 120 nav va namunalari mavjud.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube