Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Bizning_nav

Bizning_nav
Shirin qalampir navlari yana ikkitaga ko‘paydi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan serhosil, prizmasimon meva shakliga ega shirin qalampirning yangi navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan seleksiya ishlari o‘z samarasini berdi. Ilmiy izlanishlar natijasida shirin qalampirning "Oltinoy" va "Yorqin kub" nomli yangi navlari yaratildi. Ayni paytda ushbu navlar mahalliy navlar bilan qiyosiy sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinovlar davomida ularning hosildorligi, meva sifati, tashqi muhit omillariga chidamliligi hamda boshqa qimmatli xo‘jalik belgilari har tomonlama baholanmoqda. Yaratilgan yangi navlar kelgusida mahalliy seleksiya yutuqlarini yanada boyitish, shuningdek, ishlab chiqaruvchilarni serhosil, sifatli va raqobatbardosh shirin qalampir navlari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.