Bizning navlar

Bug‘doyning “Aral” navi.
Tik o‘sadi, bo‘yi o‘rtacha 90-100 sm, poyasi yotib qolishga chidamli.
Tez pishar, tuplanishi va mahsuldor poyalar shakllanishi yuqori. Boshog‘i piramidasimon.O‘rtacha hosildorligi gektaridan 75-85 sentnerni tashkil qiladi.
Sovuqqa, qurg‘oqchilikka, issiqlikka chidamli.
Kasalliklardan qo‘ng‘ir va sariq zang, un shudring kasalliklariga chidamli, septorioz va boshoq fuzarioziga o‘rtacha chidamli.
Navni 5-sentyabrdan boshlab oy oxirigacha ekish tavsiya etiladi. Janubiy tumanlarda 15-sentyabrdan boshlagan ma’qul. Gektariga 4,5-5.0 mln dona hisobida urug‘ ekiladi.
Ushbu nav Qishloq xjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizmidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining ilmiy mahsulidir.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz