Bizning navlar

Bug‘doyning “Asr chilgisi” navi
Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan.
Yarim pakana bo‘yli poyasi tikka o‘sadi. Bo‘yi 79,7-82,2 sm, poyasi yotib qolishga chidamli. O‘ta tezpishar, tuplanishi va mahsuldor poyalar shakilanishi yuqori. Boshog‘i piramidasimon, boshoqda boshoqchalar o‘rtacha joylashgan, boshog‘i yirik 8-9 sm, har bir boshoqda 17-20 tagacha boshoqcha hosil qiladi.
O‘rtacha hosildoriligi gektaridan 70 sentnerni tashkil qilgan. 1000 dona don vazni 40-42 gramm. Mineral o‘g‘itlar nisbati to‘g‘ri qo‘llanilganda qimmatbaho don shakllantiradi.
Dala sharoitida sariq zanga o‘rtacha chidamli, septarioz kasalliklariga chidamli.
Nav “qimmatbaho” don beradi va nonbopligi yaxshi.
Ekish muddati: Navn mintaqa uchun maqbul va kechki muddatlarda ekish tavsiya etiladi.
Ekish me’yori: 4,0-4.5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekish tavsiya etiladi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz