Birozdan so‘ng — poytaxtimizda AFACI xalqaro seminari boshlanadi!

Bugun Osiyo oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi hamkorlik tashabbusi (AFACI) doirasidagi RATES va Veg-Breeding+ loyihalari bo‘yicha xalqaro baholash seminari start oladi.
Tadbirda Koreya, Vyetnam, Tailand, Indoneziya, Nepal, Shri-Lanka, Bangladesh va boshqa mamlakatlardan ilmiy delegatsiyalar ishtirok etadi.
Seminar mezbonlari:
— Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Sessiyalarda RATES va Veg-Breeding+ loyihalari doirasidagi hisobotlar, ilmiy muhokamalar va tajriba almashuv jarayonlari bo‘lib o‘tadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube