Biochar tayyorlagan fermerlarga karbon krediti bo'yicha mablag‘lar to'liq to'lab berildi

Avvalroq sahifalarimizda biochar tayyorlash, uning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati hamda karbon kreditlari tizimi haqida ma’lumot bergan edik.
O‘sha paytda biochar tayyorlashda faol ishtirok etgan fermer xo‘jaliklari rag‘batlantirilishi haqida ham yozganmiz. Bu xabarlarga ishonchsizlik bilan qaraganlar, hatto istehzo bilan fikr bildirganlar ham bo‘ldi. Ammo vaqt va natija ko‘p narsaga oydinlik kiritadi.
Shu kunlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Respublika agroxizmatlar markazi (AKIS) va karbon kreditlarini shakllantirish va sotish jarayonlarida faoliyat yurituvchi Bizpando AG kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan biochar tayyorlash va karbon kreditlari tizimini rivojlantirish loyihasida faol ishtirok etgan fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish boshlandi.
Dastlab, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida loyihada faol ishtirok etgan fermer xo'jaliklariga qishloq xo'jaligi vazirining tashakkurnomasi topshirildi. Ushbu jarayon butun respublika bo'ylab davom etmoqda.
Ayni paytda karbon kreditlari bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar loyiha ishtirokchisi bo‘lgan fermer xo‘jaliklarining hisob raqamlariga to'liq o‘tkazib berildi.
Bu — yangicha yondashuvni qo‘llab-quvvatlab, biochar tayyorlash va karbon kreditlari tizimini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan fermerlarning mehnati amalda e’tirof etilayotganining yaqqol ifodasidir.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube