bilasizmi

Qo‘zilar uchun eng yaxshi omixta ozuqalar – bug‘doy kepagi, paxta chigiti shroti, suli, arpa; shirali ozuqalar – maydalangan ildizmevalilar hisoblanadi. Qo‘zilarni sifatli beda pichani bilan istagancha oziqlantirish mumkin.
Bu davrda quyidagilarga eьtibor bering:
– bo‘limda qo‘zilar uchun yangi va uzluksiz ozuqa bo‘lsin;
– bo‘limda ozuqa oxurlari hech qachon bo‘sh qolmasin;
– qo‘zilar aralash ozuqalarga asta-sekin o‘rgatilsin;
– oxurlar suv, yomg‘ir va qor kabi salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoyalangan bo‘lishi kerak;
– nam yemlar mog‘orlashi mumkin, shuning uchun oxurlar tez-tez tekshirilib turilishi kerak, agar aynigan yemlar bo‘lsa, darhol ularni oxurdan olib, joylarni tozalab qo‘yish kerak.
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Web site | Facebook | Instagram | YouTube