Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Belarus Milliy Fanlar Аkademiyasi Meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyildi

Belarus Milliy Fanlar Аkademiyasi Meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyildi
Avval xabar bergan edik, 4-5 dekabr kunlari Samarqand shahrida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti va Belarus Milliy Fanlar Аkademiyasi Meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik ilmiy-amaliy markazi oʼrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur hamkorlik memorandumi doirasida, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudirlari q.x.f.f.d. katta ilmiy xodim Sayfiddin Lapasov katta ilmiy xodim Farhod G'anievlar 20-24 dekabr kunlari Belarus Milliy Fanlar Аkademiyasi Meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik ilmiy-amaliy markazida bo'lishdi. Koʼzlangan asosiy maqsad kartoshkachilik va sabzavotchilik yoʼnalishlarida ilmiy hamkorlikni yo'lga qo'yish, kartoshka nav namunalari, germaplazmalarni seleksiya maqsadida Oʼzbekistonga olib kelishdan iborat. AKIS UZBEKISTAN

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.