Bekobodda sholikor fermerlar uchun amaliy seminar o‘tkazildi

Shu kunlarda sholichilikda eng mas’uliyatli agrotexnik davrlardan biri davom etmoqda. Aynan ushbu bosqichda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish sholi ekinlarining sog‘lom rivojlanishi, hosildorlikni oshirish hamda mo‘l va sifatli hosil yetishtirishning muhim omili hisoblanadi.
Shu munosabat bilan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan Bekobod tumanidagi "Qozonko‘l Agro" fermer xo‘jaligida sholikor fermerlar ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube