Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Banan navlarining degustatsiyasi bo'lib o'tdi

Banan navlarining degustatsiyasi bo'lib o'tdi
Bugun Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida yetishtirilgan banan navlari mevalarini organoleptik baholash maqsadida degustatsiya jarayoni o'tkazildi. Baholash uchun issiqxona sharoitida yetishtirilgan "Grand nain", "Super Dwarf", "Miti kavendesh" kabi navlar tanlab olindi. Mevalarning tashqi ko'rinishi, rangi, hidi, mazasi, konsistensiyasi belgilangan me’yorlarga ko‘ra baholandi. Baholash natijalariga ko'ra "Super Dwarf" va "Miti kavendesh" navlari iste'molbop va haridorgir nav sifatida yuqori baholandi. Ushbu navlarning mevasi tashqi ko'rinishi, hidi va mazzasi ekspertlar tomonidan 5 balldan baholandi. Bananlarni butun dunyoda sevib iste’mol qilishadi. Chunki ular nafaqat mazali, balki juda toʻyimli, oziqlantiruvchi va foydali meva sanaladi. Ushbu ekzotik mevalar tola, B vitaminlari, kaliy, fosfor, temir, kaltsiy va boshqa minerallarga boy. Bananalar yurak mushaklarini mustahkamlab, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi, oshqozon-ichak trakti va qon tarkibini yaxshilashga yordam beradi. Misol uchun, Amerikada oshqozon buzilishi bilan odatdagi guruchli parhezdan tashqari, bananlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bunga qoʻshimcha ravishda shuni aytish mumkinki, bananlar oshqozon yaralaridagi ogʻriqni yoʻqotadi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.