BAMIYA

Bamiya ekinidan ozuqa sifatida va sanoatda keng qo‘llaniladi. Uning yetilgan mevalari va poyasidan qog‘oz sanoatida ishlatiladigan xom tolalar olinadi. Mevalari tarkibidagi shilimshiq moddalarni esa, sanoatda qog‘ozlarni yopishtirish uchun ishlatiladi.
Hozirgi kunda respublikamizning janubiy va markaziy hududlarida bamiya yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Tajribalar o‘z natijasini bersa, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan bamiyaning “Toshkent tuhfasi”, “Zamin” va “Shafaq” kabi navlari iqlimlashtirilib, uning mevasini boshqa davlatlarga eksport qilish imkoniyati yaratiladi.