Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Aziz Voitov tashrif buyurgan birinchi obyektlardan biri Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan QISHLOQ XO‘JALIGIDA BILIM, INNOVATSIYALAR VA XIZMATLAR AKIS MARKAZI bo‘ldi.

Aziz Voitov tashrif buyurgan birinchi obyektlardan biri Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida joylashgan QISHLOQ XO‘JALIGIDA BILIM, INNOVATSIYALAR VA XIZMATLAR AKIS MARKAZI bo‘ldi.
AKIS markazi rahbariyati va xodimlari bilan uchrashuvda yangi vazir joriy holat, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va rivojlanish rejalari, jumladan, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik masalalari bilan tanishdi. Eslatib oʻtamiz, ushbu markaz 2019-yilda tasdiqlangan 10 yilga moʻljallangan “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasi” doirasida tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri agrar sohada bilim, innovatsiyalar va xizmatlarni rivojlantirish hisoblanadi. Respublikamizning barcha hududlarida tashkil etilayotgan AKIS markazlari negizida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, agrar sohaning boshqa vakillari turli xizmatlar olishlari, mahalliy va xorijiy tashkilotlar va ekspertlar ishtirokidagi seminarlar, treninglar va boshqa maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin. 3 va 4-sentyabr kunlari Aziz Voitov Samarqandda bo‘lib turibdi. Vazir dasturidan bir nechta agrar soha obyektlari va muassasalariga tashriflar o‘rin olgan. Bu haqda keyingi materiallarimizda batafsil tanishishingiz mumkin. WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/ YOUTUBE /INSTAGRAM

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.