Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Aziz Voitov ishchi guruh bilan birgalikda 2022-yilning avgust oyida tashkil etilganining 100 yilligini nishonlagan PAXTACHILIK SELEKSIYASI, URUG‘CHILIGI VA QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNOLOGIYASI…

ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIGA ham tashrif buyurdi. U “O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi” laboratoriyasining tajriba maydonida institut faoliyati, oq va tabiiy rangli g‘o‘za navlari namunalari, garmselga (issiq shamol) chidamli g‘o‘za duragaylari va naslchilik materiallari bilan tanishdi. Paxta biotexnologiyasi bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma laboratoriyasi faoliyatini o‘rgandi. Ta’kidlash joizki, Paxtachilik seleksiyasi, urug‘chiligi va qishloq xo‘jaligi texnologiyasi ITI paxtachilik sohasini rivojlantirishdagi asosiy tashkilot hisoblanadi. Institutning vazifasi: gʻoʻza genetikasi, seleksiyasi, urugʻchiligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, paxta va shunga oʻxshash ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyalarining ilmiy va amaliy asoslarini takomillashtirish, shuningdek, oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida ilmiy-texnikaviy mahsulotlarni ishlab chiqishdan iborat. Muassasa qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategik yo‘nalishlar va istiqbolli tadqiqot mavzularini belgilash bo‘yicha qoʻllanma va tavsiyalar ishlab chiqmoqda. Bundan tashqari, g‘o‘za va bedaning raqobatbardosh yangi navlarini yaratmoqda. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ilmiy ishlanmalarni joriy etmoqda. НА РУССКОМ ЯЗЫКЕ ЧИТАЙТЕ НА САЙТЕ WWW.AGRO.UZ

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.