Ayni paytda poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" doirasida bir qator plenar sessiyalar bo'lib o'tmoqda.

Sessiyalarda ekin ekish tizimlari, hasharotlarga qarshi kimyoviy ishlov berish ekologiyasi, robototexnika va sun’iy intellekt mavzularida muhokamalar o'tkazilmoqda.
Aytish kerak, sessiyalarda ko'tarilayotgan mavzular paxtachilik sektoridagi yangicha yondashuvlar, innovatsion tenologiya va ilmiy nazariyalar ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube