Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ayni paytda poytaxtimizdagi Frankfort mehmonxonasida BMTning  Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti - FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida…

Ayni paytda poytaxtimizdagi Frankfort mehmonxonasida BMTning  Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti - FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida…
gender tengligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Unda ta’kidlanganidek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda “O‘zbekistonda qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlardagi o‘rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish” GCP/UZB/020/GFF loyihasini amalga oshirmoqda. Mazkur loyiha doirasida “Hech kim ortda qolmasligi kerak” tamoyili asosida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda gender yondashuvlarini joriy etish bo‘yicha Strategiya loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjat barcha uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi resurslarini barqaror boshqarish hamda qaror qabul qilishda ayollar ishtirokini oshirishga qaratilgan. Mavjud gender to‘siqlarini kamaytirish, resurslardan, moliyalashtirish va ta’lim imkoniyatlaridan adolatli foydalanishni ta’minlashga yordam beradigan mexanizmlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Strategiya loyihasi yetakchi milliy va xalqaro ekspertlar, jumladan, FAOning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy vakolatxonasi mutaxassislari ishtirokida tayyorlangan. Hujjatni muvaffaqiyatli yakunlash va amalga oshirish uchun asosiy tamoyillarni muhokama qilish va yakdil xulosalar chiqarish uchun davlat organlari, akademik jamoatchilik vakillari va gender tengligi sohasidagi ekspertlarni jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Shu bois mazkur anjumanda mamlakatimizdagi tegishli vazirlik va idoralar vakillarining ishtirok etayotgani  muloqot, fikr almashish, hujjatni amalga oshirish bo‘yicha amaliy qadamlarni belgilash uchun zamin yaratadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.