Ayni daqiqalarda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti yangi binosining ramziy ochilish marosimi boshlanmoqda.

Bugun Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida birinchi o‘quv yili boshlanadi, shuningdek, universitet yangi binosining ochilishiga bag‘ishlangan lenta kesish marosimi bo‘lib o‘tadi, ochiq osmon ostidagi qishloq xo‘jaligi texnologiyalari ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi.
Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti vitse-kansleri, professor Piter Makkefferi, Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti rektori Munira Aminovalarning ishtiroki kutilmoqda.
Tadbir mehmonlari: diplomatik korpus, mahalliy va xorijiy davlat tashkilotlari, agrokompaniyalar vakillari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari.
Obuna bo'ling:
WWW / TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM