Ayni daqiqalarda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida “Meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar” o‘quv markazi binosi tantanali ravishda topshirilmoqda.

Markaz Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari asosida bunyod etildi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov, vazirlik tizimidagi ilmiy muassasalar rahbarlari hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etmoqda.
Batafsil ma’lumotlar birozdan so‘ng e’lon qilinadi. Bizni kuzatib boring!
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB| Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube