Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozov boshchiligida Respublika agroxizmatlar markazi mas’ullari hamda tizimdagi…

ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlaridan iborat ishchi guruh Sirdaryo viloyati agroxizmatlar markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
Avvalroq, ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlariga Sirdaryo agroxizmatlar markazi hududida o‘z yo‘nalishlariga mos namoyish maydonchalarini tashkil etish topshirig‘i berilgan edi.
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan soya va moshning ko‘rgazmali ko‘chatzori, sholi yetishtirishda ko‘chma issiqxona tashkil etilishi ham ko‘zdan kechirildi.
Ushbu maydonchalar orqali fermerlarga yangi ishlanmalar, innovatsion yondashuvlar va yuqori samarali agrotexnologiyalarni amaliy tarzda namoyish qilish ko‘zlangan.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube