Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi “Shodlik” mehmonxonasida “Sholi va dukkakli ekinlarni yetishtirishning zamonaviy usullari va resurs tejovchi texnologiyalardan foydalanish istiqbollari” mavzusidagi…

xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tyapti. Anjumanda Hindiston, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston davlatlaridan va Xalqaro sholichilik ilmiy markazi xodimlari hamda qishloq xo‘jalik vazirligi, milliy markaz, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari hamda ilmiy tadqiqot institutlari xodimlari ishtirok etishmoqda. Tadbirda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori, professor Alisher To‘rayev o‘z maruzasida agrar soha ilm-fani taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi fikrlarini bildirdi.
Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi axborot xizmati