Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Ayni daqiqalarda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida “Uzumning genetik resurslari: saqlash, baholash va seleksiyada qo‘llash” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv-seminari bo‘lib…

Ayni daqiqalarda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida “Uzumning genetik resurslari: saqlash, baholash va seleksiyada qo‘llash” mavzusida ko‘rgazmali o‘quv-seminari bo‘lib…
o‘tmoqda. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, sohadagi yetakchi olimlar va fermerlar ishtirok etmoqda. Seminar doirasida uzum navlarini saqlash, biologik baholash, seleksiya ishlariga joriy etish va amaliyotda qo‘llash masalalari muhokama qilinmoqda. Seminarni Qishloq xo’jaligi vazirligi boshqarma boshlig’i To’xtamurod Ataqulov kirish so’zi bilan ochib berdi. Ayni damda esa Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o’rinbosari Bunyod Mamaraximov so’zga chiqib, uzumchilikni rivojlantirish istiqbollari va kasalliklarga chidamli, serhosil uzum navlarini yaratish borasida olimlar oldida turgan dolzarb vazifalarga to’xtaldi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.