Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ayni daqiqalarda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani “Markaziy Farg‘ona” hududidagi “Mezon” fermer xo‘jaligida amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni daqiqalarda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani “Markaziy Farg‘ona” hududidagi “Mezon” fermer xo‘jaligida amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur fermer xo‘jaligida Xitoyning “Tian ye agro” kompaniyasi bilan hamkorlikda 75 gektar maydonda 76 sxemada qo‘shqator usulda plyonka ostiga, tomchilatib sug‘orish texnologiya asosida, gektariga 230-250 ming tup ko‘chat parvarishlanib, paxta yetishtirilgan. 50 dan ortiq fermerlarni jamlagan ushbu seminarda paxtachilikdagi yangicha yondashuv, uning ahamiyati, olinayotgan hosilning sermahsulligi haqida ma’lumotlar berib o‘tilmoqda. Bundan tashqari, yangicha texnologiya fermer hamda mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirib berilmoqda. Aytish kerak, bugungi kunda paxtachilikda olib borilayotgan islohotlarning zamirida ilm hamda amaliyotning uyg‘unlashuvi yotadi. Shunday ekan bugun har bir fermer dala maydoniga ilm bilan yondashmog‘i kerak. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.