Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida "Xalqaro paxta bo'yicha Maslahat qo'mitasining 82-yalpi majlisi" bo'lib o'tmoqda.

Ishtirokchilar kunning ikkinchi yarmida mazkur xalqaro tadbir dasturiga ko'ra, tematik sessiyalarda ishtirok etishmoqda.
“Kuzatuvchanlik va shaffoflik: raqamlashtirish orqali ishonchni mustahkamlash” mavzuidagi tematik sessiyada mutaxassislar o'z mamlakatlarida paxtachilikdagi yangicha yondashuvlar, paxta sifatini hamda hosildorligini oshirish bo'yicha qilinayotgan ishlar, shuningdek Xitoy va Hindiston seleksiyasiga oid paxta tolasini sifatli qayta ishlashda texnologiyalarning tutgan oʼrni, ularni tanlashda e’tibor qaratish lozim bolgan jihatlarga alohida to'xtalib o'tishmoqda.
Bu jihatdan olib qaraganda, ushbu tematik sessiya bu yil ilk marotaba xorijiy g'o'za navlarini yetishtirgan mamlakatimiz mutaxassislari uchun juda samarali bo'lmoqda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram