Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Assalomu alaykum hurmatli Jizzaxlik jurnalistlar va OAV xodimlari

Bugun viloyatning Paxtakor tumaniga Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi Bosh direktori, professor Alisher To‘rayev tashrif buyuradi. Tashrifi davomida viloyat Agroxizmatlar Markazi- Jizzax AKIS tomonidan Paxtakor tumani mahallalarida o‘rnatilgan yangi innovatsion texnologiyalar bilan tanishadi. Shuningdek, tumanga AQShdan keltirilgan yangi g‘alla o‘rish kombaynlari taqdimoti va Janubiy Dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining klasterlar bilan hamkorligini ko‘zdan kechiradi. Professor Alisher To‘rayevning paxtakorlik fermer va dehqonlar, tomorqa yer egalari bilan mulaqoti ham bo‘lib o‘tadi. Barchangizni mazkur tadbirlarga lutfan taklif etamiz. Hurmat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.