Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

ASHXABODDA MDHGA A'ZO DAVLATLAR VAKILLARI URUG‘CHILIKDAGI MUAMMOLARNI MUHOKAMA QILMOQDA

ASHXABODDA MDHGA A'ZO DAVLATLAR VAKILLARI URUG‘CHILIKDAGI MUAMMOLARNI MUHOKAMA QILMOQDA
Shu kunlarda Turkmaniston Respublikasi poytaxti Ashxobod shahrida "MDHga a’zo davlatlarning urug‘chilik bo‘yicha Hukumatlararo muvofiqlashtiruvchi kengashining 25-yig‘ilishi" va urug‘chilik bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli anjumanda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etyapti. Tadbirning asosiy maqsadi mintaqada iqlim o‘zgarishlari sharoitiga mos qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, urug‘chilik va seleksiya sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va seleksiya yutuqlarini iqlim o‘zgarishlarini yumshatishga qaratilgan. Muvofiqlashtirish kengashning yig‘ilishidan oldin ishtirokchilar Turkmaniston Respublikasi Ilmlar akademiyasining Xalqaro ilmiy-texnologiyalar parkida bo‘lib qishloq xo‘jaligi urug‘chilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. ⌛Ushbu uchrashuvda Ishchi guruh Turkmaniston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri va vazirlikning urug‘lik bo‘yicha mas’ullari bilan sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Konferensiyada Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov ham O‘zbekistonda urug‘chilik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan ma’ruza qildi. Muvofiqlashtirish kengashda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston Respublikalarining mas’ullari ishtirok etmoqda. MDH ga a’zo davlatlarining 25-yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumotlar kanalimizda yoritib boriladi, bizni kuzatishda davom eting! Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.